Live
1
O'zbek

"Qizilqum" Akmal Rustamov iste'foga chiqqanini e'lon qildi

Futbol
10 iyun, 09:56
Navoiy klubi Rustamov murabbiyligi ostida jami 34 ta rasmiy bahsda maydonga tushdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"Qizilqum" Akmal Rustamov iste'foga chiqqanini e'lon qildi
Фото: Қизилқум ПФК

"Qizilqum" murabbiylar shtabida o'zgarish yuz berdi.

Klub matbuot xizmati xabar berishicha, 2025 yilning iyun oyidan beri "oltin izlovchilar" jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelayotgan mutaxassis Akmal Rustamov boshqa ishga o'tayotganligi sababli egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

"Qizilqum" jamoasi Rustamov murabbiyligi ostida jami 34 ta rasmiy bahsda maydonga tushib, 11 uchrashuvda g'alaba, 8 ta bahsda esa durang natijasi hamda 15 ta bellashuvda mag'lubiyatga uchragan.

"Klub Akmal Anvarovichga jamoada olib borgan faoliyati uchun samimiy minnatdorchiligini bildiradi", — deyiladi xabarda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Qizilqum Qizilqum
Bugungi yangiliklar