«Inter Mayami» va Argentina milliy jamoasi yarimhimoyachisi Rodrigo De Paul bo‘lajak jahon chempionati oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
«Bizga bu jahon chempionatida nima qilishimizga qarab baho berishadi. Ayta olaman-ki, avvalgi jahon chempionatidagi kabi kurashmoqchimiz. Birinchi kuni kelib, oxirgi kuni ketmoqchimiz», — deya Rodrigo De Paulning so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Gaston Edul.
Eslatib o‘tamiz, Argentina turnirning amaldagi chempioni hisoblanadi. Turnir 11 iyunda boshlanib, 19 iyulgacha davom etadi.