Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni jahon chempionatida qatorasiga ikkinchi bor g‘alaba qozonish imkoniyatlari haqida gapirdi.
JCH-2026 oldidan oxirgi o‘rtoqlik o‘yinida amaldagi jahon chempionlari Islandiyani yirik (3:0) hisobda mag‘lubiyatga uchratishdi.
Ma’lumot uchun guruh bosqichining ilk turida Argentina 17 iyun kuni Jazoyir bilan bahs olib boradi.
«Bu safar ham jahon chempionatida g‘olib bo‘lamiz, deb ishonch bilan gapirish qiyin. Sababi bu juda murakkab vazifa. Ammo ishontirib aytishim mumkin, futbolchilarimiz maydonda bor kuchlarini berishadi. Biz oxirigacha kurashamiz», – dedi Skaloni AlbicelesteTalk nashriga.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil argentinaliklar uch karra jahon chempioni nomiga sazovor bo‘lishgan. Qatarda o‘tgan mundial finalida penaltilar seriyasida Fransiya milliy jamoasi mag‘lub etilgan.