"Atletiko" Bernardu Silvaga "Barselona"dan ko'ra ikki baravar ko'proq maosh taklif qildi, deb xabar bermoqda El Chiringuito.
Bundan tashqari, madridliklar kataloniyaliklardan farqli o'laroq, "Manchester Siti" sobiq yarim himoyachisiga asosiy tarkibdan joy kafolatlashmoqda.
AS nashrining ma'lum qilishicha, portugal futbolchisi so'nggi vaqtlarda "Barselona"dan ancha uzoqlashgan. Holbuki, o'tgan haftagacha kelishuv deyarli yakunlangan deb hisoblanayotgan, futbolchi ikki yillik shartnoma imzolashi kutilgandi.
Kataloniya klubi Bernarduning transferi uchun "kimoshdi savdosi"ga kirishish niyatida emasligini bildirgan. Klub ikki yillik shartnoma taklifini bergan va bu taklif qabul qilinadi, deb hisoblagan.
31 yoshli Silva o'tgan mavsumda APLda 38 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol va 4 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
"Atletiko" Bernarduga "Barsa"dan ko'ra ikki baravar ko'proq maosh taklif qilmoqda
Futbol
10 iyun, 18:35
Portugaliyalik futbolchining Kataloniya klubiga transferi ehtimoli pasaymoqda.
Foto: Getty Images