Krishitanu Ronaldu JCH-2026 oldidan Portugaliya milliy jamoasining har ikki oʻrtoqlik oʻyinida toʻp kirita olmadi.
41 yoshli hujumchi Chiliga (2:1) qarshi 45 daqiqa, Nigeriya (2:1) bilan esa 65 daqiqa harakat qildi.
Etiborliysi, portugallar ustozi Roberto Martines ikkinchi bahsning tanaffusida Ronaldundan tashqari barcha maydon oʻyinchilarini almashitirdi.
Shu tariqa Krishitanu milliy jamoa tarkibida soʻnggi 5 oʻyinning 4 tasida, xususan, oxirgi 3 ta bellashuvda maydonni golsiz tark etdi.
Bunday holat Ronaldu bilan Yevro-2024dan beri boʻlmagandi. Oʻshanda hujumchi qatorasiga 5 oʻyinda gol urolmagan.
Ronaldu Portugaliya safida ketma-ket 3 oʻyinda gol urolmadi
Futbol
10 iyun, 19:55
Bunday holat Yevro-2024dan beri kuzatilmagandi.
Foto: Getty Images