«Liverpul» va Angliya milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Stiven Jerrard JCH-2026 bo‘yicha o‘z prognozlarini e’lon qildi.
Mutaxassisning fikricha, mundial bosh sovrini uchun asosiy da’vogarlar Fransiya va Argentina milliy jamoalaridir.
Biroq u yakuniy tanlov qilish kerak bo‘lsa, Fransiyani ustun ko‘rishini aytdi.
«Jahon chempionatida Fransiya yoki Argentina g‘olib bo‘ladi. Agar ulardan birini tanlashim kerak bo‘lsa, Fransiyani tanlayman», — dedi Jerrard.
Shuningdek, ingliz futboli afsonasi turnirning individual sovrinlari bo‘yicha ham o‘z taxminlarini bildirdi.
Unga ko‘ra:
Eng yaxshi to‘purar — Xulian Alvares;
Eng yaxshi darvozabon — Emiliano Martines;
Turnirning eng yaxshi futbolchisi — Lionel Messi;
Eng yaxshi yosh futbolchi — Lamin Yamal.
Jerrard turnirning asosiy sensatsiyasi Janubiy Amerika jamoalaridan biri bo‘lishi mumkinligini ham aytdi.
«Menimcha, turnir kashfiyoti Janubiy Amerika jamoalaridan biri bo‘ladi. Masalan, Urugvay», — dedi u.
Sobiq futbolchi «Oltin to‘p» sovrini masalasida esa Harri Keyn nomzodini ilgari surdi.
«Umid qilamanki, «Oltin to‘p» Harri Keynga nasib qiladi», — deya qo‘shimcha qildi Jerrard.