Braziliya milliy jamoasining sobiq hujumchisi, ikki karra jahon chempioni Ronaldo milliy jamoa ustozi Karlo Anchelottini 34 yoshli hujumchi Neymarni jahon chempionati-2026ga chaqirgani to‘g‘ri bo‘lgan deb hisoblamoqda.
«Menimcha, u [Anchelotti] ajoyib tanlov qildi. Neymar hal qiluvchi pallada ijobiy natijaga o‘z hissasini qo‘shishi va qiziqarli o‘yin ko‘rsatishi mumkin. Neymarda shunday hadya, shunday daho borki, undan voz kecha olmaymiz. U shunday futbolchilar sirasiga kiradiki, 20 daqiqadayoq o‘yin taqdirini o‘zgartirib yuboradi», - deya ta’kidladi Ronaldu ESPN.
Avvalroq Anchelotti Neymar jarohatdan tiklanishni davom ettirayotgani sababli Braziliya milliy jamoasining Marokashga qarshi musobaqadagi ilk o‘yinida (14 iyun) ishtirok eta olmasligini ma’lum qildi.