«Manchester Yunayted»ning sobiq sardori Antonio Valensiya «Old Trafford»ga qaytish va yangi bosh murabbiy Maykl Kerrik bilan ishlashga tayyor ekanini ma’lum qildi.
2009 yildan 2019 yilgacha mankunianliklar safida to‘p tepgan ekvadorlik sobiq futbolchi Kerrik bilan aloqalarni saqlab qolganini aytdi.
«Kerrik — men juda hurmat qiladigan inson. Men uni yangi shartnoma bilan tabrikladim va murabbiylik faoliyatida omad tiladim.
Menimcha, uning ishlari yaxshi ketmoqda. Uning yana bir mavsum jamoa boshqaruvida qolayotganidan xursandman», — dedi Valensiya.
Suhbat davomida sobiq futbolchidan «Manchester Yunayted»ga qaytish ehtimoli haqida ham so‘raldi.
«Ha, albatta qaytardim. «Manchester Yunayted» menga juda ko‘p narsa berdi. Oilam ham Manchesterda juda baxtli edi.
Men bu klubdagi istalgan lavozimda ishlashga tayyorman, chunki uni sevaman. Hozir klub to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganiga ishonaman. Agar meni chaqirishsa, darhol yetib boraman», — deya ta’kidladi Valensiya.
40 yoshli sobiq futbolchi 2021 yilda faoliyatini yakunlagan. U «Manchester Yunayted» safida 339 ta o‘yin o‘tkazib, 25 ta gol urgan.
Valensiya klub bilan ikki marta Angliya chempionligi, Yevropa ligasi va bir qator milliy sovrinlarni qo‘lga kiritgan.