Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.
Kamerunlik darvozabon «Manchester Yunayted» Andre Onana katta ehtimol bilan keyingi mavsumda jamoada qoladi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Monako» darvozabonni transferini ko‘rib chiqqan, ammo klubni «Manchester Yunayted» tomonidan qo‘yilgan narx qo‘rqitib yuborgan. Angliya grandi 30 yoshli futbolchisi uchun 35 million yevro olmoqchi.
Ta’kidlanishicha, bunday mablag‘ni hatto Saudiya Arabistoni klublari ham, shuningdek, Onana o‘tgan mavsumni ijarada o‘tkazgan Turkiyaning «Trabzonspor» jamoasi ham to‘lashga tayyor emas.
Shu bilan birga, darvozabonning o‘zi «Manchester Yunayted»da qolishni istamoqda. Ehtimol, u yangi mavsumni «qizil iblislar»ning ikkinchi darvozaboni sifatida boshlashi mumkin.
Ma’lumot uchun, 2023-yilda Angliya grandi Onanani «Inter»dan 50 million yevro evaziga sotib olgandi. Ushbu vaqt mobaynida o‘yinchi Manchester klubi safida 102 ta o‘yin o‘tkazgan, 150 ta gol qo‘yib yuborib, 24 marta o‘z darvozasini daxlsizligini saqlab qola olgan.