«Yuventus» yarimhimoyachisi Kefren Tyuram yozgi transferlar oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin.
Jurnalist Mirko Di Natalening xabar berishicha, 24 yoshli futbolchiga Turkiyaning «Galatasaroy» klubi bilan bir qatorda Angliyaning ikki grandi — «Manchester Yunayted» va «Liverpul» ham qiziqish bildirmoqda.
Tyuram 2024 yilda Fransiyaning «Nitssa» klubidan 20 million yevro evaziga Turin jamoasiga ko‘chib o‘tgan edi.
Fransiyalik futbolchining «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
2025/26 yilgi mavsumda Tyuram barcha musobaqalarda 45 ta bahsda maydonga tushib, 4 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Qayd etilishicha, yarimhimoyachining barqaror o‘yinlari Yevropaning bir qator top-klublari e’tiborini tortgan.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Kefren Tyuramning bozor qiymatini 38 million yevroga baholamoqda.