Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.
«Aston Villa» klubi argentinalik kiperi Emiliano Martinesning o‘rniga sotib olishi mumkin bo‘lgan o‘yinchi kim ekanligi ma’lum.
Insayder Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, 33 yoshli Martinesning o‘rniga birminghemliklar Italiyaning «Parma» klubi va Yaponiya milliy jamoasi vakili Zion Suzukini sotib olishi mumkin.
O‘z navbatida, 23 yoshli iqtidorni inglizlardan tashqari «Bavariya», «Napoli» va «Manchester Yunayted» klubi ham kuzatib bormoqda.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Zion Suzukining aktual transfer narxi 20 million yevroga baholanmoqda.
Avvalroq, Martines Italiyaning «Yuventus» klubi bilan 3-yillik bitim borasida kelishib olgani xabar qilingandi.