Bu haqda L’Équipe nashri xabar berdi.
«Chelsi» klubi himoyachisi Malo Gusto faoliyatini «Manchester Siti»da davom ettirishi mumkin.
Manbaning xabariga ko‘ra, «Manchester Siti» «Chelsi»ga Gusto transferi bo‘yicha ma’lumot so‘rab murojaat qilgan. «Shaharliklar» himoyaning o‘ng qanotini kuchaytirishni niyat qilgan. 23 yoshli fransiyalik kuchli raqobat tufayli «Chelsi»ni tark etishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar sirasiga kiradi. «Manchester Siti» vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatmoqda.
2025/26-yilgi mavsumda Gusto 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma yetkazib berdi.
Gustoning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilgacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali futbolchining aktual transfer narxini 35 million yevroga baholamoqda.