Bugun
6
O'zbek

Ezzalzuli va Agerd jarohat sabab mundialni o'tkazib yuborishadi

Futbol
12 iyun, 04:45
Marokash JCH arafasida ikki yo'qotishga uchradi. Jarohatlanganlar o'rniga kimlar chaqirilgani ma'lum.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Ezzalzuli va Agerd jarohat sabab mundialni o'tkazib yuborishadi
Foto: Getty Images

"Betis" vingeri Abdusamad Ezzalzuli va "Marsel" himoyachisi Nayef Agerd jarohatlari sababli Marokash milliy jamoasi safida 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok eta olishmaydi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar berdi.

24 yoshli hujumkor futbolchi Norvegiyaga (1:1) qarshi o'rtoqlik bellashuvida o'ng tizzasining bog'lamlaridan jarohat olgan. 30 yoshli Agerdning qanday jarohat olgani esa oshkor qilinmadi.

Nayef Agerd
Foto: Getty Images

Ularning o'rniga Marokash milliy jamoasiga hujumchi Muhammad Amin Sbaï ("Anje") va himoyachi Marvon Sadane ("Al Fotih") chaqirildi.

Eslatib o'tamiz, Marokash mundialda C guruhida Braziliya, Shotlandiya va Haiti bilan o'ynaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Marokash Marokash
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar