Bugun
6
O'zbek

Kukurelya: «Barselonada yozilmagan qoida bor edi: mashg'ulotlarda Messiga yaqinlashish mumkin emasdi»

Futbol
12 iyun, 03:40
«Chelsi» himoyachisi Kataloniya klubidagi faoliyatida argentinalik hujumchi bilan mashg'ulotlar o'tkazganini esga oldi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Kukurelya: «Barselonada yozilmagan qoida bor edi: mashg'ulotlarda Messiga yaqinlashish mumkin emasdi»
Foto: Getty Images

«Chelsi» himoyachisi Mark Kukurelya o'zining «Barselona»dagi faoliyati davomida Lionel Messi bilan mashg'ulot o'tkazgani haqida gapirdi.

«U — tarixdagi eng yaxshi futbolchi. U bilan birga mashg'ulot o'tkazish baxtiga muyassar bo'lganman va bu aqlbovar qilmas darajada ajoyib edi. Albatta, u meni eslamasa kerak, lekin men juda qattiq hayajonlangan va qo'rqqandim.

Mashg'ulotlarda ba'zan uni qo'riqlashimga to'g'ri kelardi, ammo ma'lum masofadan turib. Yozilmagan bir qoida bor edi: unga juda yaqinlashish mumkin emas. Aks holda, bu jamoadagi so'nggi kuningiz bo'lib qolishi ham mumkin edi.

Uning davrida futbol o'ynaganimiz uchun juda omadlimiz. U haqida keyinchalik nabiralaringizga hikoya qilib berishingiz mumkin, ammo bu haqda eshitish — boshqa narsa, o'z ko'zingiz bilan ko'rish esa butunlay boshqa narsa»,
— deya Kukurelyaning so'zlarini keltiradi TyC Sports.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar