Bugun
6
O'zbek

Chexiya Jahon chempionatlarida 20 yildan so'ng gol urdi

Futbol
12 iyun, 02:55
Jamoa avvalgi to'rtta mundialni o'tkazib yuborgandi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Chexiya Jahon chempionatlarida 20 yildan so'ng gol urdi
Foto: Getty Images
11.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Janubiy Koreya Janubiy Koreya 2 : 1 Chexiya Chexiya

Chexiya milliy jamoasi himoyachisi Ladislav Kreychi JCH-2026 1-turidan oʻrin olgan Janubiy Koreyaga (1:2) qarshi oʻyinda jamoasining goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa chexlar jahon chempionatining final bosqichida 20 yildan so'ng ilk bor to'p kiritishdi.

2006 yil 12 iyun kuni Tomash Rositskining dubli va Yan Kollerning goli Yevropa jamoasiga AQSh ustidan 3:0 hisobidagi g'alabani taqdim etgandi.

Shundan keyin chexlar 2006 yildagi mundialda Gana (0:2) va Itatijaga (0:2) mag'lub bo'lib, musobaqani tark etishgan.

So'ng Chexiya keyingi to'rtta jahon chempionatiga — 2010, 2014, 2018 va 2022 yillardagi turnirlarga chiqolmagandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Janubiy Koreya Janubiy Koreya
  • Chexiya Chexiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar