Meksika milliy jamoasi bosh murabbiyi Xaviyer Agirre JCH-2026 ochilish oʻyinidagi JARga (2:0) qarshi bahsdan keyin oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
"Menga o'yinimiz yoqmadi. Albatta, jahon chempionatini g'alaba bilan boshlash yomon emas. Birinchi bo'limda bizga ikkinchi gol yetishmadi — to'p ustunga tegdi. Ikkinchi bo'limda ikkinchi golga erishganimizdan so'ng biroz bo'shashtik. Kuchimiz ko'proq paytda yana bitta gol urishimiz kerak edi, ammo buning uddasidan chiqa olmadik.
Raul Ximenes — ajoyib yigit, hozir yaxshi formada va kuchga to'la. Uning aytishicha, bu unga atalgan jahon chempionati bo'ladi.
Sesar Montesning maydondan chetlatilishi ishimizni biroz qiyinlashtirdi. Oddiy vaziyatda to'pni yo'qotdik va Sesar tavakkal qilishga majbur bo'ldi. Darvozaga bevosita xavf yo'q edi, ammo hozir qoidalar shunday", — deya mezbonlar ustozining so'zlarini keltiradi Marca.
Xavier Agirre: "O'yinimiz yoqmadi"
Futbol
11 iyun, 23:30
Meksika bosh murabbiyi JCH-2026 ochilish bahsidagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Foto: Getty Images
11.06.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Meksika
2
:
0
JAR
2