Bugun
6
O'zbek

Meksika 8-urinishda JCHning ochilish o‘yinida g‘alaba qozondi

Futbol
11 iyun, 22:35
Jamoa bungacha 7 bor ochilish bahslarida qatnashib, birortasida yutolmagandi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Meksika 8-urinishda JCHning ochilish o‘yinida g‘alaba qozondi
Foto: Getty Images
11.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Meksika Meksika 2 : 0 JAR JAR 2

Meksika milliy jamoasi futbol bo‘yicha jahon chempionati ochilish o‘yinida sakkizinchi bor ishtirok etdi. Bu — musobaqa tarixidagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

JCH-2026ning birinchi bahsida Xavier Agirre boshchiligidagi mezbonlar JARni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Shu tariqa meksikaliklar jahon chempionati ochilish bahsidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritishdi. Bungacha bo‘lgan dastlabki beshta urinish mag‘lubiyat bilan yakunlangandi: ular uch marta Braziliyaga, bir martadan Shvetsiya va Fransiyaga yutqazishgan.

Keyingi ikki ochilish bellashuvida esa Meksika durang qayd etgan — avval SSSR, keyin esa JAR bilan kuchlar teng kelgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Meksika Meksika
  • JAR JAR
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar