JAR bosh murabbiyi Ugo Bros Meksikaga (0:2) qarshi JCH-2026 ochilish bahsidagi magʻlubiyat haqida fikr bildirdi.
«Birinchi qizil kartochka bo'yicha aytadigan gapning o'zi yo'q. Ammo ikkinchisi haqida... Menimcha, meksikalik futbolchi shunchaki o'yinchimni to'sib qo'ydi — bunday holatlar futbolda uchrab turadi. Hakem boshqacha qaror qabul qildi, shuning uchun o'yinni 9 kishi bo'lib yakunlashga majbur bo'lganimiz biroz alamli.
Fikrimcha, jamoam yaxshi o'yin ko'rsatdi. Ayrim vaziyatlarda Meksika hatto dovdirab qolgandek tuyuldi, ular bo'sh hududlarni qanday topishni bilmay qolishdi. Shu bois, umuman olganda, hammasi yaxshi bo'ldi.
Keyingi o'yinga qadar yaxshilashimiz kerak bo'lgan yagona jihat — to'p bilan muomala qilish. Bugun aynan shu jihat bo'yicha uncha yaxshi harakat qila olmadik», — deya 71 yoshli mutaxassisning so'zlarini keltiradi BBC.
JAR bosh murabbiyi: «Jamoam yaxshi o'ynadi. Ayrim vaziyatlarda Meksika hatto dovdirab qolgandek tuyuldi»
Futbol
12 iyun, 00:30
Janubiy afrikaliklar ustozi JCH-2026 ochilish o'yinidagi ikkinchi qizil kartochka borasida e'tiroz bildirdi.
Foto: Getty Images
11.06.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Meksika
2
:
0
JAR
2