"Sevilya" klubi "Xetafe" himoyachisi Xuan Iglesias bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda andalusiyaliklar matbuot xizmati xabar berdi.
Iglesias iyun oyi oxirida "Xetafe" bilan shartnomasi yakunlangach, "Sevilya"ga o'tadi. 27 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 2030 yilga qadar bitim imzolaydi.
Transfermarkt portaliga ko'ra, Iglesiasning bozor qiymati 5 million yevroni tashkil etadi.
Iglesias 2021 yildan buyon "Xetafe"da o'ynab kelayotgan edi. Besh yil ichida u 175 ta o'yin o'tkazib, ikkita gol urdi va to'qqizta golli uzatmani amalga oshirdi.