Live
1
O'zbek

Rasman: «Sevilya» Shvetsiya chempionati to‘purarini sotib oldi

Futbol
11 avgust, 07:37
Shotlandiyalik forvard Robbi Yur faoliyatini Ispaniyada davom ettiradigan bo‘ldi.
Rasman: «Sevilya» Shvetsiya chempionati to‘purarini sotib oldi
Foto: FC Sevilla

Markaziy hujumchi Robbi Yur «Sevilya» futbolchisiga aylandi. Bu haqda ispan klubi matbuot xizmati rasmiy sayti orqali xabar berdi.

22 yoshli forvard Shvetsiyaning «Sirius» klubidan La Liga vakili safiga borib qo‘shildi. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, transfer summasi bonuslarni inobatga olmaganda 6,5 million yevroni tashkil qilgan. Yur «Sevilya» bilan 5-yillik bitim imzolagan.

Shotlandiya yoshlar jamoasi sobiq hujumchisi Shvetsiya chempionati to‘purari hisoblanadi. Uning hisobida 15 ta gol mavjud. O‘tgan mavsumda Yur barcha musobaqalarni inobatga olganda 35 o‘yinda maydonga tushib, 16 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, «Sevilya» o‘tgan mavsum La Ligada 13-o‘rinni egalladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sevilya Sevilya
  • Sirius Sirius
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar