«Qirollik klubi» ushbu yozgi transfer oynasi vaqtida boshqa shov-shuvli transfer amalga oshirishni reja qilmayapti.
«Qaymoqranglilar»ning oxirgi xaridi vinger Yan Diomande bo‘ldi. U Germaniyaning «Leypsig» klubidan bonuslarni inobatga olmaganda 125 mln yevro evaziga sotib olindi.
Marca nashri xabariga ko‘ra, «Real»dagilar Joze Mourinio boshchiligidagi jamoa tarkibi yangi mavsumga 95% tayyor deb hisoblashmoqda. Endilikda klubda kerak bo‘lmagan futbolchilar bilan xayrlashish masalalariga e’tibor qaratiladi. Yangi xaridlar faqatgina biror bir futbolchining kutilmaganda jamoani tark etishi yoki jarohatlar tufayligina amalga oshirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq madridliklar safiga Mark Kukurelya, Denzel Dumfris, Ibraima Konate, Bernardu Silva va Karlos Espi kelib qo‘shildi. O‘z navbatida Gonsalo Garsiya, Sesar Palasios, Fran Garsiya, Mario Martin, Fran Gonsales, Franko Mastantuono (ijara), Dani Sebalios, David Alaba va Daniel Karvaxal Madridni tark etdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi