«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enzo Mareska o'zining noodatiy qoidasi haqida gapirdi.
«Lester» va «Chelsi»da ishlagan paytimda shunday qoidam bor edi: biz gol urganimizda, sardor bayram qilish uchun emas, ko'rsatmalar olish uchun zaxira o'rindig'i yoniga kelishi kerak. Lekin sardorning o'zi gol ursa, u nishonlashi mumkin.
Agar «Manchester Siti» sardori Erling Holand bo'lganida, bizda muammolar yuzaga kelardi. Buni tasavvur qila olasizmi?» — deya Mareskaning so'zlarini keltiradi The Athletic.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsum Holand barcha musobaqalardagi 52 ta o'yinda 38 ta gol urdi. Shuningdek, norvegiyalik hujumchi o'z hisobiga 9 ta assist ham yozdirib qo'ygandi.
Avvalroq Mareska jamoada o'zi uchun ideal muhit yaratilgani haqida gapirib o'tgandi.