Bugun
8
O'zbek

Mareska: «Rodri 14-avgust kuni «Manchester Siti»ga qo‘shiladi»

Futbol
10 avgust, 04:10
«Shaharliklar» ustozi yarimhimoyachi yaqin orada jamoaga qo‘shilishini ma’lum qildi.
Mareska: «Rodri 14-avgust kuni «Manchester Siti»ga qo‘shiladi»
Foto: Getty Images

Yarimhimoyachi Rodri tez orada jamoa tarkibiga kelib qo‘shiladi, deb ma’lum qildi «Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Enso Mareska.

OAVdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Ispaniya milliy jamoasi sardori «Barselona»ga o‘tishni istagani uchun «Real»ning taklifini rad etgan.

«Rodri 14-avgust kuni bizga qo‘shiladi. Hech qanday yangilik yo‘q. Hozircha u Manchesterda qoladi», — deya Mareskaning so‘zlaridan iqtibos keltirdi «Manchester Siti» matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, Rodri 2019-yil yozidan buyon «Manchester Siti» sharafini himoya qilib kelmoqda va uning 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan amaldagi shartnomasi mavjud.

Transfermarkt portali futbolchining aktual transfer narxini 55 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar