Bugun
8
O'zbek

Arteta: "Saliba va Timberning safga qaytishi uchun vaqt kerak"

Futbol
10 avgust, 01:05
"Arsenal" bosh murabbiyi ikki futbolchining yangi mavsum boshida jamoaga yordam bera olmasligini tasdiqladi.
Arteta: "Saliba va Timberning safga qaytishi uchun vaqt kerak"
Foto: Getty Images

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta himoyachilar Vilyam Saliba va Yurrien Timber yangi mavsum boshida jamoaga yordam bera olmasligini tasdiqladi. Har ikki futbolchi ham hozirda jarohatidan tiklanmoqda.

"Vilyam hozir dam olish rejimida. Jarohatini og'irlashtirib yubormaslik uchun u ikki hafta davomida deyarli hech qanday mashg'ulot o'tkazmadi. To'liq tiklanish uchun vaqt kerak bo'ladi.

Yurrien esa yaxshi rivojlanmoqda, u allaqachon maydonga qaytgan. Lekin hali jamoa bilan to'liq mashg'ulotlarga qaytishiga yana bir necha hafta bor", — dedi Arteta.

Saliba 2026 yilgi jahon chempionatida belidan jarohat olgan. Timber esa son mushaklari shikastlanishi sabab turnirni o'tkazib yuborgan.

Ularning o'rnini mavsumning dastlabki uchrashuvlarida Ben Uayt va Kristian Moskera egallashi kutilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar