«Barselona» polshalik hujumchi Robert Levandovskini rasmiy saytidagi «Afsonalar» bo'limiga kiritdi.
Levandovski 2022 yil yozida Myunxenning «Bavariya» klubidan «Barselona»ga ko'chib o'tgan. Ispaniyadagi debyut mavsumida Robert La Liga chempioni bo'ldi va 23 ta gol bilan turnirning eng yaxshi to'purariga aylandi. Ikkinchi mavsumda esa barcha turnirlarda 26 ta gol urdi.
Hujumchi uchun eng sermahsul mavsum kataloniyaliklar safidagi uchinchi yili bo'ldi. Levandovski barcha turnirlarda 42 ta gol urdi va «Barselona»ga «oltin dubl», ya'ni chempionat va Ispaniya kubogida g'alaba qozonishda yordam berdi.
2025/2026 yilgi mavsumda Levandovski ko'proq rotatsiya futbolchisi sifatida maydonga tushdi. Shunga qaramay, u 19 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Umuman olganda, Levandovski «Barselona» safida barcha turnirlarda 120 ta gol urdi va kataloniyaliklar klubi tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida 13-o'rinni egalladi. Ayni paytda polshalik forvard MLSda «Chikago Fayr» sharafini himoya qilmoqda.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi