Angliyalik futbolchi Markus Reshford 'Manchester Yunayted'da 14-raqam ostida to'p tepadi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.
Qayd etilishicha, futbolchiga raqamni o'zgartirish orqali klub rahbariyati uni bosh murabbiy Maykl Kerrik qo'l ostida jamoaga moslashish jarayonida qo'llab-quvvatlayotganini bildirdi.
Reshford o'tgan mavsum 'Barselona'da ijaraga asosida aynan 14-raqamda o'ynagan. Uning manchesterliklardagi 10-raqami esa futbolchi yo'qligida Mateus Kunyaga berilgan.
Avvalroq Kerrik Reshfordning Dublindagi yig'inda jamoaga qo'shilishini ma'lum qilgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi