Live
2
O'zbek

Arteta «Borussiya D»dan mag'lubiyatdan so'ng: «Ba'zan mag'lubiyat ham foydali»

Futbol
9 avgust, 15:46
London klubi bosh murabbiyi o'yin borasida fikr bildirdi.
Arteta «Borussiya D»dan mag'lubiyatdan so'ng: «Ba'zan mag'lubiyat ham foydali»
Фото: Getty Images

«Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta «Borussiya D»ga (2:3) qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

«Mag'lub bo'ldik, bu, albatta, xursand qilmaydi. Vaziyatni yaxshilashimiz kerakligi aniq. Ayrim futbolchilarga ko'proq o'yin daqiqalari va ritm kerak. Bu ular uchun juda foydali bo'ladi.

Garchi rasmiy o'yin bo'lmasa-da, mag'lubiyat og'riqli bo'lishi kerak. Ammo qayerda ekanligimizni bilamiz. Hali ko'plab futbolchilarimiz safga qaytmaganini, ayrimlari esa yetarlicha mashg'ulot o'tkazmaganini tushunamiz. Shuning uchun ba'zan mag'lub bo'lish ham foydali.

Bir necha kun oldin yomon gollar o'tkazib yuborgandik, bugun ham shunday bo'ldi. Ayniqsa, kurashlardan keyingi vaziyatlarda xatolarga yo'l qo'ydik. Ammo bu jamoaviy javobgarlik. Shuning uchun qo'limizdagi futbolchilar bilan birgalikda o'sishimiz va kamchiliklarni bartaraf etishimiz kerak. Biz yaxshilanishni xohlaymiz va albatta bunga erishamiz», — deya Artetaning so'zlaridan keltiradi Sky Sports nashri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar