«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso London klubida qanday futbol falsafasini tashkil qilmoqchi ekanini ma'lum qildi.
«Biz oʻz yondashuvimizda turli variantlarga ega boʻlishni xohlaymiz. Jamoamizda turli taktik sxemalarga moslasha oladigan futbolchilar bor. Asosiy printsiplar oʻzgarmaydi, ammo futbolchilarning harakatlari turlicha boʻlishi mumkin. Biz raqiblar uchun oldindan taxmin qilib boʻlmaydigan va moslashuvchan jamoa boʻlishimiz kerak.
Bitta gʻoyaga yopishib olish niyatida emasmiz. Qancha koʻp variantimiz boʻlsa, jamoamiz shunchalik kuchli boʻladi», — deya Alonsoning soʻzlaridan keltiradi The Athletic nashri xabar berdi.
Ma'lumot uchun, «Chelsi» APLning ilk turida 24 avgust kuni safarda «Fulhem»ga qarshi oʻynaydi.