Niderlandiya milliy jamoasi himoyachi Yurrien Timber chov sohasidagi jarohatidan so'ng jahon chempionatida ishtirok eta olmasligi ma'lum bo'ldi.
Shifokorlar bilan suhbatdan so'ng futbolchi mundialda qatnashmasligi oydinlashdi.
Niderlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman Timberning jarohatidan so'ng Lyutsharel Gertruydani chaqirishga qarorga keldi.
U huquqiy jihatdan "Leyptsig"ga tegishli. O'tgan mavsumni "Sanderlend"da o'tkazdi.
Niderlandiya jahon chempionatidagi ilk o'yinini 14 iyun kuni Yaponiya qarshi o'tkazadi.