Bugun
24
O'zbek

Saliba 2027 yilgacha maydonga tushmasligi mumkin

Futbol
16 iyul, 02:10
Futbolchi avval ham kuchli og'riqlardan shikoyat qilgan, ammo shunga qaramay o'ynashda davom etgan.
Saliba 2027 yilgacha maydonga tushmasligi mumkin
Foto: Getty Images

Fransiya milliy jamoasi himoyachisi Vilyam Saliba 2026 yilgi jahon chempionati yarimfinal bosqichida Ispaniyaga qarshi o'yinda (0:2) og'ir jarohat oldi va 2027 yilgacha maydonga qayta olmaydi. Bu haqda L’Equipe nashri xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Saliba Ispaniyaga qarshi bahsda olgan bel jarohati tufayli 4 oydan 6 oygacha safdan chiqdi. Fransiyalik futbolchiga jarrohlik amaliyoti va uzoq tiklanish jarayoni talab etiladi.

Qayd etilishicha, Vilyam jahon chempionati boshlanishidan avval ham kuchli og'riqlardan shikoyat qilgan, ammo shunga qaramay o'ynashda davom etgan.

2025/2026 yilgi mavsumda Saliba «Arsenal» safida ishtirok etish mumkin bo'lgan 63 uchrashuvning 50 tasida maydonga tushdi. U jamoaning APLda chempion bo'lishi va Chempionlar ligasi finaliga chiqishida katta hissa qo'shdi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

20+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar