Bugun
24
O'zbek

"Oq uy" ma'muriyati Infantino bilan mundial finalini o'tkazish bilan bog'liq ehtimoliy xavflarni muhokama qiladi

Futbol
18 iyul, 03:30
Bunga Nyu-York va Nyu-Jersi yaqinidagi o'rmon yong'inlari sabab bo'lmoqda.
"Oq uy" ma'muriyati Infantino bilan mundial finalini o'tkazish bilan bog'liq ehtimoliy xavflarni muhokama qiladi
Foto: Getty Images
19.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya - : - Argentina Argentina

"Oq uy" ma'muriyati xodimlari Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino bilan Nyu-York va Nyu-Jersi yaqinidagi o'rmon yong'inlari tufayli 2026 yilgi jahon chempionati finalini o'tkazish bilan bog'liq ehtimoliy xavflarni muhokama qiladi. Bu haqda Sky News xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, dastlab Kanadadagi keng qamrovli o'rmon yong'inlari AQShning shimoliy hududlariga ham tarqalganligi sababli 2026 yilgi jahon chempionati finalini boshqa sanaga ko'chirish ehtimoli haqida xabarlar tarqalgan edi.

Agar kuchli tutun va havoning yuqori darajada ifloslanishi muxlislar salomatligi uchun xavf tug'dirsa, Ispaniya – Argentina finali boshqa kunga qoldirilishi mumkinligi aytilgan.

Avvalroq Infantino Trampga qarata sizsiz bu jahon chempionati bunday ulkan muvaffaqiyatga erisha olmasdi deya gapirib o'tgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar