Bugun
24
O'zbek

Mourinyo kelasi mavsumda "Real"ning asosini kimlar tashkil etishini allaqachon belgilab bo'lgan

Futbol
18 iyul, 02:15
Joze qo'l ostida 6 nafar futbolchining asosiy tarkibdagi o'rni deyarli kafolatlangan.
Mourinyo kelasi mavsumda "Real"ning asosini kimlar tashkil etishini allaqachon belgilab bo'lgan
Foto: Getty Images

"Real" yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo kelasi mavsumda jamoaning asosini kimlar tashkil etishini allaqachon belgilab bo'lgan. Bu haqda Diario AS xabar berdi.

Qayd etilishicha, portugaliyalik mutaxassis qo'l ostida 6 nafar futbolchining asosiy tarkibdagi o'rni deyarli kafolatlangan. Ular — Kilian Mbappe, Vinisius Junior, Jud Bellinghem, Federiko Valverde, Thibaut Courtois va jamoaning yangi a'zosi Mark Kukurelya.

Ma'lumot o'rnida, Joze iyun oyi boshida "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi etib tayinlangandi. "Special one" laqabiga ega mutaxassis o'tgan mavsumni hech qanday sovrinsiz yakunlaganidan keyin klubni tark etgan Alvaro Arbeloa o'rnini egalladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar