Live
14
O'zbek

«Bavariya» Olise uchun kamida 200 mln yevro talab qilishi kutilmoqda

Futbol
16 iyul, 04:00
«Real» jahon chempionati yakunlanganidan so'ng shov-shuvli transferni amalga oshirishi mumkin.
«Bavariya» Olise uchun kamida 200 mln yevro talab qilishi kutilmoqda
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi 2026 yildagi jahon chempionati yakunlanganidan keyin shov-shuvli transferni amalga oshirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Santi Auna xabar berdi.

«Qirollik klubi» «Bavariya» vingeri Maykl Olisega da'vogarlik qilmoqda. Xabarlarga ko'ra, frantsiyalik futbolchi yaqin vaqt ichida Myunxen klubidan uni Madridga qo'yib yuborishni so'raydi.

«Bavariya» esa 24 yoshli futbolchi uchun kamida 200 million yevro talab qilishi kutilmoqda. Eslatib o'tamiz, hozirgi vaqtda jahon futboli tarixidagi eng qimmat transfer Neymarning «Barselona»dan «PSJ»ga 222 million yevroga o'tgani hisoblanadi.

Avvalroq Olise mundial yakunlangach «Bavariya» rahbariyati bilan darhol muzokara o'tkazishni talab qilgani ma'lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

40+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar