Angliya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Gari Lineker JCH-2026 yarimfinalida Argentinadan uchralgan mag'lubiyat (1:2) ortidan bosh murabbiy Tomas Tuxel haqida hazilomuz fikr bildirdi.
«Hazillashyapman, ammo qiziq, Tomas Tuxel nemis josusi emasmikan.
Go'yo ichimizga kirib olgandek. Menimcha, Germaniya hozir unchalik kuchli emas, hatto guruhdan ham chiqa olmadi. Balki shuning uchun bizga kimnidir yuborgandir... Albatta, hazillashyapman», — dedi Lineker The Rest is Football podkastida.
Tomas Tuxel JCH-2026 oldidan Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangandi. Uning qo'l ostida inglizlar yarimfinalgacha yetib bordi, biroq final yo'llanmasi uchun kechgan bahsda Argentinaga imkoniyatni boy berdi.
Eslatib o'tamiz, Angliya milliy jamoasi endi JCH-2026ning uchinchi o'rni uchun kechadigan bahsda Fransiyaga qarshi maydonga tushadi. Argentina esa finalda Ispaniya bilan jahon chempionligi uchun kurash olib boradi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi