Live
23
O'zbek

Adeyemi «Barselona» uchun tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi

Futbol
16 iyul, 10:55
Kataloniya klubi transferni yaqin soatlar ichida rasman e'lon qilishi kutilmoqda.
Adeyemi «Barselona» uchun tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi
Foto: Getty Images

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Karim Adeyemi «Barselona»ga o'tishga bir qadam qoldi.

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, 24 yoshli germaniyalik futbolchi tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tgan. Shuningdek, «Barselona» va «Borussiya» transfer bo'yicha bitimning so'nggi tafsilotlarini ham kelishib olgan.

Adeyemi seshanba oqshomida Barselonaga yetib kelgan, chorshanba tongida esa shahardagi klinikalardan birida tibbiy ko'rikdan o'tgan. Dastlab ayrim huquqiy masalalar sabab transfer juma kuniga qadar cho'zilishi mumkinligi aytilgandi, biroq klublar barcha kelishmovchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etgan.

Manbaga ko'ra, «Barselona» ushbu transfer uchun 34 million yevro to'laydi. Shundan 26 million yevro kafolatlangan to'lov bo'lsa, qolgan 8 million yevro bonuslar ko'rinishida to'lanadi.

Adeyemi yozgi transfer oynasida Entoni Gordondan keyin «Barselona» safiga qo'shilayotgan ikkinchi futbolchiga aylanadi. Futbolchining rasmiy taqdimoti kelasi haftaga rejalashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, «Barselona» transferni yaqin soatlar ichida rasman e'lon qilishi kutilmoqda. Hozircha bitim yuzasidan klublar tomonidan rasmiy bayonot berilmagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar