Live
23
O'zbek

Haris Haydarevich – «Dinamo» futbolchisi

Futbol
16 iyul, 11:49
Samarqand klubi legioner bilan 2027 yil oxirigacha shartnoma imzoladi.
Haris Haydarevich – «Dinamo» futbolchisi
Foto: Getty Images
18.07.2026, 11:00 O‘zbekiston Superligasi Qizilqum Qizilqum - : - Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand

Samarqandning «Dinamo» klubi yozgi transfer oynasi doirasida bosniyalik yarimhimoyachi Haris Haydarevich bilan shartnoma imzolaganini rasman e'lon qildi.

27 yoshli futbolchi «Dinamo» safiga erkin agent maqomida kelib qo'shildi. Tomonlar o'rtasidagi bitim 2027 yil 31 dekabriga qadar amal qiladi.

Haydarevich so'nggi uch mavsum davomida Serbiyaning «Radnik» klubida to'p surib, 107 ta uchrashuvda 12 ta gol muallifiga aylangan. U joriy yilning 1 iyul kuni klub bilan rasman xayrlashgan edi.

Shuningdek, bosniyalik yarimhimoyachi faoliyati davomida o'z yurtining «Jeleznichar» hamda Turkiyaning «Boluspor» klublari sharafini ham himoya qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Qizilqum Qizilqum
  • Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar