Bugun
8
O'zbek

Elbek Otaqulov — "Qizilqum" futbolchisi

Futbol
15 iyul, 09:40
27 yoshli futbolchi mavsumning birinchi qismini Proliga ishtirokchisi "Lochin" jamoasida o'tkazdi.
Elbek Otaqulov — "Qizilqum" futbolchisi
Фото: Қизилқум ПФК

Navoiyning "Qizilqum" klubi o'z safiga yana bir futbolchini qo'shib oldi. Klub himoyachi Elbek Otaqulov bilan shartnoma imzoladi.

27 yoshli futbolchi mavsumning birinchi qismini Proliga ishtirokchisi "Lochin" jamoasida o'tkazdi. Bu klub safida chempionat doirasida 12 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta gol urdi. O'zbekiston kubogi bahslarida ham 3 ta bellashuvda qatnashgan.

"Elbek Otaqulovga klubimizdagi faoliyatida omad va zafarli onlarni tilab qolamiz", — deyiladi klub xabarida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Qizilqum Qizilqum
Bugungi yangiliklar