Argentina milliy jamoasi sardori Lionel Messi JCH-2026 yarimfinalida Angliyaga qarshi bahs orqali Jahon chempionatlaridagi 33-o'yinini o'tkazmoqda.
39 yoshli hujumchi Argentina milliy jamoasining asosiy tarkibidan joy oldi.
Ushbu uchrashuvdan so'ng Messi mundiallar tarixida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi sifatidagi rekordini yanada yaxshilaydi.
Ma'lumot uchun, Leoning eng yaqin ta'qibchisi Krishtianu Ronaldu hisobida 27 ta o'tkazilgan o'yin bor.
Eslatib o'tamiz, Angliya — Argentina yarimfinali g'olibi JCH-2026 finalida Ispaniya milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi.