Live
1
O'zbek

«RB Leypsig» Diomandeni sotmoqchi emas

Futbol
15 iyul, 15:30
Nemis klubi futbolchini kamida yana bir mavsum olib qolishni rejalashtirmoqda.
«RB Leypsig» Diomandeni sotmoqchi emas
Foto: Getty Images

«RB Leypsig» qanot hujumchisi Yan Diomandeni yozgi transfer oynasida sotishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 20 yoshli futbolchiga «Liverpul», «PSJ», «Real», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va «Chelsi» qiziqish bildirmoqda.

Hozircha faqat «Liverpul» rasmiy taklif bilan chiqqan. Mersisayd klubi 80 million yevro hamda bonuslar ko'rinishida yana 20 million yevro taklif qilgan, biroq «RB Leypsig» bu taklifni rad etgan.

Qayd etilishicha, da'vogar klublarning hech biri futbolchi uchun 100 million yevrodan ko'proq to'lashga tayyor emas. «Leypsig» esa Diomande transferidan 120 million yevro ishlab olish ehtimoli juda past deb hisoblamoqda va shu sabab uni bu yozda sotishni ko'rib chiqmayapti.

Vaziyatni futbolchining o'zi ham murakkablashtirmoqda. Diomande JCH-2026 vaqtida klubni tark etishni istayotganini ma'lum qilgan. Shunga qaramay, «RB Leypsig» rahbariyati uni kamida yana bir mavsum jamoada qolishga ko'ndirishiga ishonmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Leypsig Leypsig
Bugungi yangiliklar