Argentina milliy jamoasi sardori Lionel Messi JCH-2026 yarimfinalida Angliyaga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlab, Jahon chempionatlari tarixida yarimfinalda maydonga tushgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi.
39 yosh-u 21 kunlik Messi shu tariqa mundial tarixidagi yana bir rekordni o'z nomiga rasmiylashtirdi.
Eslatib o'tamiz, Argentina va Angliya o'rtasidagi yarimfinal bahsi g'olibi JCH-2026 finalida Ispaniya milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Mag'lub bo'lgan jamoa esa uchinchi o'rin uchun Fransiya milliy jamoasi bilan bahs olib boradi.