Bugun
8
O'zbek

Ruis o'ynagan bahslarda Ispaniya mag'lub bo'lmayapti

Futbol
15 iyul, 16:10
"PSJ" yarimhimoyachisi maydonga tushgan 49 ta bahsda umuman yutqazmagan.
Ruis o'ynagan bahslarda Ispaniya mag'lub bo'lmayapti
Foto: Getty Images

Ispaniya yarimhimoyachisi Fabian Ruis milliy jamoa safida hali biror marta ham mag'lubiyatga uchramagan.

2026 yilgi Jahon chempionati yarimfinalidan o'rin olgan Fransiyaga (2:0) qarshi bahs "PSJ" futbolchisi uchun tarkibidagi 49-o'yin bo'ldi. 30 yoshli yarimhimoyachi o'ynagan bellashuvlarda ispanyolar 34 marta g'alaba qozongan va 15 marta durang qayd etgan.

Jahon chempionati finalida Ispaniya Argentina yoki Angliyaga qarshi maydonga tushadi. Turnirning hal qiluvchi o'yini 19 iyul, yakshanba kuni bo'lib o'tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar