Bugundan O‘zbekiston Superligasining 12-tur uchrashuvlari start oladi. Tur doirasidagi markaziy bahslarda peshqadamlar va chempionlik uchun kurashayotgan jamoalar muhim ochkolar uchun maydonga tushadi.
12-tur taqvimi:
📅 16 iyul
Neftchi — Buxoro (20:00)
Bunyodkor — Nasaf (20:00)
Sug'diyona — Xorazm (20:00)
📅 17 iyul
Navbahor — OKMK (20:00)
Mash'al — Qo'qon-1912 (20:00)
Paxtakor — Lokomotiv (20:00)
📅 18 iyul
Qizilqum — Dinamo (20:00)
Andijon — Surxon (20:00)

Eslatib o‘tamiz, 11-turdan so‘ng turnir jadvalida “Neftchi” 28 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Uning ortidan “Paxtakor” (26 ochko) bormoqda. Kuchli uchlikni esa “Buxoro” (20 ochko) yakunlab turibdi.
