Live
17
O'zbek

Messi: «Futbol nuqtayi nazaridan Angliyadan ustun ekanimizni bilardik»

Futbol
16 iyul, 11:30
Argentina sardori yarimfinaldagi g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Messi: «Futbol nuqtayi nazaridan Angliyadan ustun ekanimizni bilardik»
Foto: Getty Images
15.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Angliya Angliya 1 : 2 Argentina Argentina

Argentina milliy jamoasi sardori Lionel Messi JCH-2026 yarimfinalida Angliyaga qarshi kechgan va 2:1 hisobida yakunlangan bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

«Agar Angliyaga mag'lub bo'lganimizda, bu katta noroziliklarga sabab bo'lardi. Biz ularga bunday imkoniyatni bermadik. Futbol nuqtayi nazaridan Angliyadan ustun ekanimizni bilardik», — dedi Messi.

39 yoshli hujumchi mazkur bahsda ikkita golli uzatmani amalga oshirib, Argentina milliy jamoasining ketma-ket ikkinchi bor Jahon chempionati finaliga chiqishiga munosib hissa qo'shdi.

Eslatib o'tamiz, Argentina milliy jamoasi JCH-2026 finalida Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Hal qiluvchi bahs 19 iyul kuni bo'lib o'tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

95+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar