Live
14
O'zbek

Bellingem JCh-2026dan chiqib ketgach, Angliya muxlislaridan uzr so'radi

Futbol
16 iyul, 08:00
Yarimhimoyachi mundial finaliga chiqa olmagani uchun afsusda ekanini yashirmadi.
Bellingem JCh-2026dan chiqib ketgach, Angliya muxlislaridan uzr so'radi
Foto: Getty Images
15.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Angliya Angliya 1 : 2 Argentina Argentina

Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Jud Bellingem JCh-2026 yarimfinalida Argentinadan uchralgan mag'lubiyatdan (1:2) so'ng muxlislarga murojaat qildi.

«Barchamiz juda xafamiz. Men Angliya nihoyat Jahon chempionatida g'alaba qozonadigan jamoaning bir qismi bo'lishni juda xohlar edim. Bu yerda turib, muxlislarga ular uzoq yillardan beri eshitib kelayotgan gaplarni yana takrorlash juda og'ir. Bizni kechiring», — dedi Bellingem.

Angliya yarimfinalda 55-daqiqagacha oldinda borayotganiga qaramay, Argentina uchrashuvning so'nggi daqiqalarida ikkita gol urib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Eslatib o'tamiz, Angliya milliy jamoasi 19 iyul kuni JCh-2026ning uchinchi o'rni uchun kechadigan bahsda Fransiyaga qarshi maydonga tushadi. Shu kuni bo'lib o'tadigan finalda esa Argentina va Ispaniya jahon chempionligi uchun kurash olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

70+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar