Live
23
O'zbek

Opta: Ispaniya JCH-2026 finalida Argentina bilan bahsda favorit

Futbol
16 iyul, 05:20
Superkompyuter final oldidan g'olib bo'lish ehtimollarini e'lon qildi.
Opta: Ispaniya JCH-2026 finalida Argentina bilan bahsda favorit
Foto: Getty Images
19.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya - : - Argentina Argentina

Opta superkompyuteri JCH-2026 finali oldidan Ispaniya va Argentina milliy jamoalarining g'alaba qozonish ehtimolini hisoblab chiqdi.

Hisob-kitoblarga ko'ra, Ispaniya jahon chempioni bo'lish uchun 56,05 foiz imkoniyatga ega. Argentinaning bosh sovrinni qo'lga kiritish ehtimoli esa 43,95 foiz etib baholangan.

Qizig'i shundaki, mundial boshlanishidan oldin Opta Ispaniyaning chempionlik imkoniyatini 16,18 foiz, Argentinanikini esa 10,29 foiz deb baholagan edi.

Eslatib o'tamiz, JCH-2026 final uchrashuvi 19 iyul kuni bo'lib o'tadi. Unda Ispaniya va amaldagi jahon chempioni Argentina milliy jamoalari bosh sovrin uchun bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

130+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar