Argentina milliy jamoasi hujumchisi Juliano Simeone JCH-2026 finali oldidan sardor Lionel Messi haqida iliq fikrlar bildirdi.
«Biz Messining 39 yoshda ekanini bilamiz. U futbolchi orzu qilishi mumkin bo'lgan hamma narsaga erishgan. Shunga qaramay, u hamon dunyoning eng yaxshilaridek kurashmoqda.
Shu sababli biz uchun faqat bitta vazifa qoldi — borimizni berish, Messi va Argentina uchun oxirigacha yugurish», — dedi Simeone.
39 yoshli Messi JCH-2026da ajoyib o'yin namoyish etmoqda. U turnir davomida jamoasining finalga chiqishida hal qiluvchi rol o'ynadi va musobaqaning eng sermahsul futbolchilaridan biri bo'lib turibdi.
Eslatib o'tamiz, Argentina milliy jamoasi JCH-2026 finalida Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Hal qiluvchi bahs 19-iyul kuni bo'lib o'tadi.