Diego Koppola to'liq "Parij" futbolchisi bo'ldi.
Frantsiya klubi 22 yoshli himoyachining ijara muddati tugagach, "Brayton"dan sotib oldi.
Italiyalik futbolchi parijliklar bilan 2031 yilgacha amal qiladigan shartnomaga imzo chekdi.
Avvalroq kelishuv qiymati 18 million yevroga teng ekani, shuningdek, yana 2 million yevro miqdorida bonus to'lovlari borligi xabar qilingandi.
Koppola o'tgan mavsumning ikkinchi qismida Liga 1da 13 bor maydonga tushib, 2 ta golga assistentlik qilgan.
"Parij" "Brayton"dan Koppolani sotib oldi
Futbol
16 iyul, 12:15
22 yoshli himoyachi avvalgi mavsumni Frantsiya klubida ijarada o'tkazgandi.
Foto: Paris FC