"PSJ" "Aston Villa" himoyachisi Lyuka Dinini oʻz safiga qoʻshib oldi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
32 yoshli futbolchining shartnomasida 10 million funt sterlingdan kam miqdorda tovon puli belgilangandi. Parijliklar aynan shu bandni faollashtirishdi.
Eʼtiborlisi, "Aston Villa" va "PSJ" yangi mavsum oldidan Yevropa superkubogi bahsida maydonga tushishadi.
Fransiya milliy jamoasi bilan Jahon chempionatida qatnashayotgan Din faoliyati davomida "Barselona", "Roma" va "Everton" kabi klublarda ham oʻynagan.
"PSJ" Lyuka Dinini oʻz safiga qoʻshib oldi (Romano)
Futbol
13 iyul, 09:35
Parij klubi "Aston Villa" himoyachisining shartnomasidagi tovon puli boʻyicha bandni faollashtirdi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi