Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Rodri Fransiyaga qarshi jahon chempionati yarimfinalidan kutilmalari bilan o'rtoqlashdi.
«Fransiya ajoyib hujumkorlik salohiyatiga ega, ammo men ularning himoyasini ham alohida qayd etgan bo'lardim. Biz o'yinni o'zimizga ma'qul uslubda olib borishimiz kerak. O'tgan yildagidek 5:4 hisobi bilan tugaydigan o'yinlar juda kam uchraydi va biz bu natija bilan chalģib qolmasligimiz lozim.
Aytishim mumkinki, bizni yanada kuchliroq jamoaga qarshi bahs kutmoqda. Ularga qarshi gol urish qiyinroq bo'ladi. Jahon chempionatlari boshqacha ruhda o'tadi. O'yinni ko'proq nazorat qilishimizga to'g'ri keladi. Bu turnirning eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi katta sinov, biz uni intiqlik bilan kutmoqdamiz», - deya Rodrining so'zlaridan keltiradi FIFA rasmiy sayti.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi