Bugun
3
O'zbek

Lakrua: "Yamal muammo tug'dirishi mumkin. Ammo bizda yaxshi kuchli jamoa bor"

Futbol
13 iyul, 13:27
Fransiyalik himoyachi Ispaniyaga qarshi bahs oldidan fikr bildirdi.
Lakrua: "Yamal muammo tug'dirishi mumkin. Ammo bizda yaxshi kuchli jamoa bor"
Фото: Getty Images
14.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya - : - Ispaniya Ispaniya

Fransiya milliy jamoasi himoyachisi Maksens Lakrua JCH-2026 yarimfinali oldidan Ispaniyaga qarshi bahs oldidan fikr bildirdi.

Lakruaning ta'kidlashicha, Yamal individual mahorati bilan har qanday raqibga muammo tug'dirishi mumkin. Shunga qaramay, Fransiya terma jamoasi bitta futbolchiga emas, balki butun Ispaniya jamoasiga qarshi tayyorgarlik ko'rmoqda.

"Yamal bizga muammo tug'dirishi mumkin. U juda iste'dodli futbolchi. Ammo bizning jamoamiz ham kuchli va bunday uchrashuvlarga tayyor. Ispaniyaga qarshi jamoa bo'lib harakat qilishimiz kerak", — dedi Lakrua.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya – Fransiya bellashuvi Toshkent vaqti bilan soat 23:59da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar